Digitaluzb - dasturlash, dizayn va marketing bilan bog'liq keng qamrovli ma'lumotlar va manbalarni taqdim etishga qaratilgan open source loyiha.
Hamma kerakli dependencylarni o'rnating
npm install
Dasturni ishga tushurish
npm run dev
Ushbu loyiha ochiq manbali bo'lib, har bir kishi o'z hissasini qo'shishi mumkin. Quyidagilar loyihaga hissa qo'shish bo'yicha qo'llanma:
- Barcha darsliklar src/static papkasida joylashgan.
- Har bir yangi darslik uchun alohida papka yarating. Masalan, "HTML va CSS" degan darslik qo'shmoqchi bo'lsangiz, src/static/html-va-css papkasini yarating.
- Darslikdagi har bir mavzu uchun alohida fayl yarating. Mavzu nomlarini qisqa va lo'nda qilib yozing. Masalan, birinchi mavzu "HTML nima?" bo'lsa, src/static/html-va-css/html-nima.md faylini yarating.
- Mavzular uchun kontent Markdown formatida yozilishi kerak.
- Mavzu matnini sodda va tushunarli tilda yozing. Kerak bo'lsa, misollar va ko'rgazmali materiallar bilan boyiting.
- Mavzu fayllarini nomlashda so'zlarni chiziqcha (-) bilan ajrating va kichik harflardan foydalaning. Masalan: html-nima.md, css-asoslari.md.
- Har bir darslik uchun mundarija.md faylini yarating. Bu fayl darslikdagi mavzularning ketma-ketligini belgilaydi. mundarija.md faylida faqatgina mavzu nomlarini ro'yxatlang. = - Har bir mavzu nomini alohida qatorga yozing.
- Mavzu nomlarini darslikdagi mavzu fayllarining nomlari bilan bir xil qilib yozing.
- O'zgarishlaringizni alohida branchda bajaring va pull request yuboring.
- Pull requestni yuborganda, o'zgarishlaringiz haqida qisqacha ma'lumot bering va qaysi darslik uchun qo'shilganini ham yozing.
- Loyiha administratorlari pull requestni ko'rib chiqib, kerakli o'zgarishlarni talab qilishlari yoki uni qabul qilishlari mumkin.
Agar savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, GitHub Issues sahifasida yozib qoldiring.
Hammaga omad!